Bugun, 12 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri A.Ayapov rahbarligida Vazirlikning sektor rahbarlari hamda Kasb-hunar ta’limi tashkilotlari (texnikumlar) direktorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.


Yig‘ilishda Professional ta’lim tashkilotlarida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalari, dual ta’limni amaliyotga keng joriy etishning ahamiyati, bu borada mavjud muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, IT, o‘qituvchilarning sertifikat olishi, grant, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, o‘quv-metodik ta’minotini kuchaytirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, xalqaro ta’lim an’analarini joriy etish bo‘yicha masalalar ham qayd etildi.
Shu bilan birga yig‘ilishda Professional ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, ijarada yashovchi o‘quvchilardan xabar olish, giyohvandlik, jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarning oldini olish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.



Yig‘ilishda sohada kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashish bilan birga yig‘ilish ishtirokchilarining fikr-mulohazalari ham tinglandi.
