Ellikqal’a tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi

Ellikqal’a Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Ellikqal’a tuman prokurori Atajanov Muzaffar Zaripboyevich hamda tuman IIB boshlig‘i Bakbergan Shaxanovlar ishtirokida texnikum yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunga hurmat ruhini shakllantirish, yoshlarni vatanparvarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarga internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish, yot g‘oyalar ta’siriga tushmaslik hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir jarayonida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, xususan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish, startap loyihalarni moliyalashtirish, “Yoshlar biznes inkubatori” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Kelajak tadbirkori” hamda “Yosh tadbirkorlar” dasturlari doirasida moliyaviy ko‘mak berish masalalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, texnikum o‘quvchilari uchun startap loyihalar tashkil etishga ruxsat berilishi, kasb-hunar laboratoriyalarini tashkil qilish, xorijda ishlash imkonini beruvchi “Work and Travel” dasturlari, yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish, volontyorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, grant va imtiyozli ssudalar ajratish kabi imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddi rahbarlardan javob oldilar. Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni bilimli, tashabbuskor hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etuvchi shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan