Taxtako‘pir tumani hokimi Politexnikum o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashdi

Taxtako‘pir tumani hokimi J.Adilov tuman hududida joylashgan Politexnikum o‘quv muassasasiga bordi va ta’lim muassasasida o‘qiyotgan o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-190 sonili Farmoni va «Kasbiy ta’lim tizimida islohatlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-316-sonli qarorini mazmun mohiyatini yetkazdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida tuman hokimi yoshlarning o‘qish jarayoni, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi, kelajakdagi rejalari va orzu-istaklari haqida suhbatlashdi. Shuningdek, yoshlarga bugungi kunda zamonaviy bilim va kasb egasi bo‘lish, o‘z ustida muntazam ishlash va mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida faol bo‘lish zarurligini ta’kidladi.

Yoshlar bilan samimiy muloqotda ular o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan