Rektor Nodirbek Sayfullaev xizmat tashrifi bilan filialga keldi

Bugun, 17 noyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialiga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri A.Ayapov, filial direktori v.v.o. Q.Yusupov va jamoa a’zolari yuqori darajada kutib oldi.

Mehmonlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan filial hayoti, talabalarning ilm-fan, san’at va sport sohasi bo‘yicha tanlov va musobaqalarda erishgan yutuqlarini tomosha qildi.

Rektor N.Sayfullayev filialda samarali olib borilayotgan ishlarga va ko‘plab yo‘nalishlarda yaxshi natijalarga erishilayotganini yuqori baholadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan