Vengriyalik olim bilan uchrashuv tashkil etildi

So‘nggi yillarda o‘quv jarayoni sifati va saviyasini tubdan yaxshilash, musiqa san’ati sohasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ijodiy markazlari, taniqli olimlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, xorijiy mutaxassislarni yurtimizga taklif etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu asosda bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri A.Ayapov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Q.Orazimbetov va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori v.v.b. Q.Yusupovlar Vengriya Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, turkolog olim Agoch Gergey boshchiligidagi mehmonlarni qabul qildi.

Vengriyalik olimning ushbu tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, Oliy o‘quv yurtlari, texnikumlar va ilmiy markazlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, OTMlar hayoti bilan yaqindan tanishish va mahorat darslarini o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan