2026-yil 15-aprel kuni 1-son Nukus Abu Ali ibn Sino Jamoat salomatligi texnikumida Prezidentimizning 33-sonli farmoni ijrosi yuzasidan “Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.


Tadbirda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari F. Muhammadjonova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri B. Ayimbetova hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasbiy ta’lim agentligi mutaxassisi M. Bekimbetovalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida farmonning mazmun-mohiyati, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, erta nikohlarning salbiy oqibatlari, zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhitni shakllantirish hamda huquqiy himoya mexanizmlari keng tushuntirildi. Shuningdek, “Yo‘l xaritasi” asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va mas’ul rahbarlarning javobgarligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Shuningdek, texnikumda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ishlarni kuchaytirish va “Himoya orderi” olish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
